“Farg'ona ITM” da yuqori samarali quvvati 17 MVt bo’lgan yuqori gaz trubinasi qurilmasi ishga tushirildi. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ning matbuot xizmati xabar beradi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi korxonaga qo’shimcha ravishda har yili 197,24 million kVt / soat elektr energiyasi va 214,5 ming Gkal issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga imkon beradi. Shu bilan birga, yoqilg’ini tejash yiliga taxminan 3,2 million kubometr tabiiy gazni tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, ushbu loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichida 2019-yil dekabr oyida “Farg'ona IES” AJdan 17 km uzoqlikda, RK-3 qozonxonasi yonida joylashgan 7 MVt quvvatli gaz turbinali qurilma foydalanishga topshirildi.

Loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PQ-2794-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirildi.