Turar-joy hamda biznes markazlar qurishga ixtisoslashgan “First Development Group” o’zining indekslangan obligatsiyalarini ommaga taqdim qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatma: Foizli obligatsiyalar turi bu indekslangan obligatsiyalar bo’lib, ularning foiz stavkasi yildan-yilga teng ravishda yoki biron bir ko’rsatkichga muvofiq o’sib boradi.

“First Development Group” kompaniyasinig korporativ obligatsiyalar to’g’risidagi emissiyasi umumiy qiymati на 5,12 mlrd so’m bilan 13.01.2021 kuni ro’yxatdan o’tkazilgan va ochiq obuna bo’lish shaklida joylashtirilgan. Obligatsiyaning nominal qiymati bir donasi uchun 1000 000 so’mdan hisoblangan.

Kompaniyaning sayt ma’lumotlariga ko’ra dividendlar so’mning dollarga nisbatan devalvatsiyasi/revalvatsiyasiga qarab o’rtacha 8% etib belgilandi.

Obligatsiyalar taxminiy qiymati 6,82 milliard so’m bo’lgan ko’chmas mulk bilan kafolatlangan va Aviapark biznes-markazining qurilishini moliyalashtirish uchun chiqarilgan (loyiha qiymati — 10 million dollar).