AQSHning Coalition for a Safer Web notijorat tashkiloti kompaniyani sudga bergani aytilmoqda. Bu Haqda Washington Post xabar beradi. Tashkilot Telegram ilovasining App Store dan olib tashlash kerakligini talab qilmoqda.

Tashkilot advokati Kita Altman analogik ariza Google ga qarshi berilishini ta’kidlab o’tgan. Sudga da’vo tashkilot nomidan va shaxsan Amerikaning sobiq elchisi Mark Ginsberg nomidan berilgan.

Da’vogarlarning fikriga ko’ra, Telegram o’z saytida irqchilik, antisemitizm, neo-natsistlar va boshqa turdagi nafrat mazmunidagi kontentlarni joylashtirishga imkon beradi va shu bilan Apple kompaniyasining ilovalar do’konining texnik shartlarini buzadi.

Ginsbergning fikricha, Telegramdagi antisemitizm mazmuni uni yahudiy sifatida xavf ostiga qo’yadi va uning iPhonega egaligi unga Appledan federal sudga murojaat qilib, kompaniyadan uning xizmat ko’rsatish shartlariga rioya qilinishini talab qilish huquqini beradi.

Eslatma: Pavel Durov Telegram Apple tomonidan bloklanishi yuzaga kelganda foydalanuvchilar uchun Safariga mo’ljallangan web versiyaning ishlab chiqilayotganligi haqida yozgan edi.