E-ijro platformasida o’tkazilgan auksion natijalariga ko’ra Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Markaz-5, 39-uy manzilda joylashgan korxonaning 100 foiz miqdordagi davlat ulushi sotildi. Bu haqda sayt axborot xizmati xabar beradi.

Korxona asfalt-beton qorishmalari ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’lib, umumiy maydoni 0,3511 gektarni tashkil etadi. Sotib oluvchi shaxs korxonaning debitor va kreditorlik qarzlarini ham o’z bo’yniga olishi aytib o’tilgan.

Auksionning amalga oshirilishiga Prezidentning 2020-yil 27-oktyabrdagi PF-6096-son Farmoni asos qilib olinmoqda.

Avvalroq Spot “Oztashqineftgaz” korxonasidagi davlat ulushi sotilganligi haqida yozgan edi.