Energetika vazirligi tomonidan Koreya energetika agentligining (KEA) beg‘araz mablag‘lari hisobiga “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ bazasida kichik quyosh elektr stansiyasining qurish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Loyihaning asosi sifatida Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarorida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash ko’rsatib o’tilgan.

Xususan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish maqsadida, Koreya energetika agentligi bilan hamkorlikda Yuqori Chirchiq tumanining “Nurli zamin” MFY hududida 40 kVt quvvatga ega kichik fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirilishi boshlandi.

Kichik quyosh elektr stansiyalarining qurilishida ijtimoiy sohaga alohida e’tibor qaratilib, mamlakatda energiya tejaydigan texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini keng miqyosda joriy etishga hissa qo‘shiladi.

Avvalroq Spot, Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlangani va Respublikaning yana 3 ta viloyatida shunday stansiyalar qurilishi rejalashtirilgani haqida yozgan edi.