Kichik va o’rta biznesni raqamli transformatsiya qilish hamda ma’lumot yetishmasligi kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida 26−27- yanvar kunlari TOBB Digitalization Virtual Fair tomonidan virtual yarmarka tashkil etiladi. Bu haqda sayt axborot xizmati xabar beradi.

Ko’rgazma kun davomida tanaffuslarsiz ishlaydi. Platforma raqamli makonda sotuvchi va xaridorlarni birlashtiradi. Ushbu yarmarka shaxsiy tashrif buyuruvchilar, kichik va o’rta biznes subyektlari kompaniyalar bilan yuzma-yuz uchrashib, ma’lumot olishlarini ta’minlashga qaratilgan.

Veb-seminarlar: iqtisodiyotdagi raqamli transformatsiyalar, raqamlashtirishning kaliti, Internet yangi normal sharoitda — 5 G kabi mavzularga bag’ishlangan bo’lib, ushbu veb-seminarlar virtual yarmarka davomida tegishli sektor ishtirokchilari tomonidan tashkil etiladi.

Ariza topshirishning so’nggi kuni 25-yanvar hisoblanadi. Ro’yxatdan o’tish va qo’shimcha ma’lumot quyidagi havolada.