2020-yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2667,6 ming so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 114,8% ga o‘sishni ta’minladi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

O‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida 6 230,6 ming so‘m, yoki respublika ko‘rsatkichidan 2,3 barobar yuqori ekanligi, aksincha eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida 1 808,5 ming so‘m, yoki respublika o‘rtacha oylik ish haqining 67,8 foiziga to‘gri kelishi kuzatildi.

Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 1 979,7 ming so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 7,4% ga o‘sgan.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 2020- yil yanvar- dekabr oylarida sanoat sohasida (qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) o‘rtacha oylik ish haqi 3 682,9 ming so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 11,2% ga o‘sgan.

Qurilish sohasida 2020- yil yanvar- dekabr oylarida sohada o‘rtacha oylik ish haqi 3 212,3 ming so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 16,8% ga o‘sgan.

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 1 808,5 ming so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 17,9% ga o‘sgan.

Savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2 748,1 ming so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 11,6% ga o‘sgan.

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turida o‘rtacha oylik ish haqi 3 405,3 ming so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 14,8% ga o‘sgan.

Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 368,8 ming so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 10,1% ga o‘sgan.

Bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasi o‘rtacha oylik ish haqi 6 230,6 ming so‘mni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 29,7% ga o‘sgan.

O’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko’rsatkichi respublika hududlari bo’yicha o’rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori:

  • Toshkent shahrida 3 993,4 ming so’m
  • Navoiy viloyatida 3 500,7 ming so’m
  • Toshkent viloyatida 2 870,4 ming so’m

Boshqa hududlarga nisbatan eng kam midordagi oylik ish haqi:

  • Farg’ona viloyatida 2 093,6 ming so’m
  • Surxondaryo viloyatida 2 087,1 ming so’m
  • Namangan viloyatida 2 067,7 ming so’mni tashkil etdi.