Belarus Respublikasidagi norozilik namoyish va mitinglari axborot texnologiyalar mutaxasislarining ish faoliyatini davom ettirish fikrini tobora o’zgartirib bormoqda. Yoz mavsumida bo’lib o’tgan mitinglar sababti turli IT korxonalar o’z xodimlarini boshqa davlatlarga ko’chirishmoqda — deya xabar beradi Bloomberg.

40 dan ortiq kompaniyalar xodimlarini boshqa davlatlarga o’tkazib yuborishdi va yana 30 ta korxona buni rejalashtirmoqda. Bu kompaniyalar qatoriga eng mashhur startap loyihalardan biri — Viber hamda World of Tanks kompyuter o’yini ham mavjud.

Belorus Respublikasining yo’qotishlari qo’shni davlatlar uchun foydali bo’ldi va bir necha davlatlar mutaxassislar uchun imtiyozlar yaratib bermoqda. Misol tariqasida, Litva davlati fintex kompaniyalarni Yevropa ittifoqining boshqa davlatlariga nisbatan eng tez ro’yxatdan o’tkazishi va texnologiya mutaxassislari uchun sodda viza olish jarayonini yaratib berishi davlatga bu kasb egalarini jalb qilmoqda.

Shu qatorda Polsha, Ukraina va bir nechta qo’shni bo’lgan davlatlar mutaxassislarni chaqirish maqsadida qator imtiyozlar belgilashmoqda.