Transport vazirligi tomonidan regulation.gov.uz portalida Toshkent shahar transport tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan qonun hujjati xalq muhokamasigaqo’yildi.

Unga ko’ra, Toshkent metropoliteni UK O’zbekiston temir yo’llatri AJ tarkibidan chiqariladi.

Qonun hujjati muhokamasi 4- martgacha davom etadi. Ungacha hujjatga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Metropoliten birinchi bor O’zbekiston temir yo’llari tarkibiga 1997-yil kirgan bo’lib 24 yil davomida uning nazorati ostida ishlagan.

Jami 43 ta bekat va uzunligi 60 kmga yaqin bo’lgan metropoliten, 2025 yilgacha 4 baravvar va umumiy uzunligi 157 kmni tashkil etadi — deya vazirlik veb-sahifada xabar beradi.