“Hayat” mehmonxonasida Toshkent viloyati hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov, Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amani Eleter, “Farmsanoat” agentligi hamda “Solyphar” kompaniyasini vakillari ishtirokida uch tomonlama kelishuv imzolandi. Bu xaqida O’zA agentligi xabar beradi.

Unga ko‘ra, kompaniya tomonidan Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 20 million dollarga teng farmatsevtika zavodi bunyod etiladi.

Hududda farmatsevtika zavodi ish boshlagach, unda virusga qarshi va gormonal qattiq tabletkalar, jelatinli kapsulalar, dori kukunlari, jami 120 turdagi dori-darmonlar ishlab chikarilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha bo‘yicha 200 ta yangi ish o‘rni yaratilib, unda asosan yoshlar va ayollarning bandligi ta’minlanadi. Shu bilan birga, tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan zarur sifatli va arzon dori-darmonlar mahalliylashtirilishiga erishiladi.

Avvalroq Spot, tibbiyot sohasini raqamlashtirish bo’yicha IT-Med tashkiloti yaratilishi haqida xabar bergan edi.