Endi har qanday chatlardagi xabarlarni o’chirib tashlash, guruhlarga va kanallarga taklif qilish uchun vaqtinchalik havolalarni va shuningdek telefonning asosiy ekranidan suhbatlarga tez kirish uchun vidjetlarni yaratish mumkin.

Xabarlarni avtomatik ravishda o’chirish

Telegram foydalanuvchilari suhbatning barcha ishtirokchilari uchun xabarlarni o’chirib tashlash imkoniyatш avvaldan bor edi.

Endi esa barcha ishtirokchilar uchun xabarlarni avtomatik ravishda o’chirish har qanday suhbatda mavjud. Ushbu rejimda xabarlar yuborilgandan 24 soat yoki 7 kun o’chirib tashlanadi.

Avtomatik o’chirish faqat taymer o’rnatilgandan so’ng yuborilgan xabarlarga ta’sir qiladi — oldingi yozishmalar suhbat tarixida qoladi. Yashirin suhbatlardan farqi shundaki, hisoblash xabar yuborilgandan so’ng boshlanadi, qabul qiluvchi uni o’qiganadan keyin emas.

Android qurilmasida taymerni yoqish uchun “⋮” > Tarixni tozalash bandini bosib va vaqtni tanlanishi kerak.


IOS qurilmasida istalgan xabarni bosib turib, Tanlash > ekranning yuqori chap burchagida “Chatni tozalash” > Avtomatik oʻchirishni yoqish bandini bosish lozim.

Taymer yoqilganda, xabarlar menyusida xabarni o’chishiga qancha vaqt qolganini ko’rish mumkin.

Guruhlarda va kanallarda xabarlarni avtomatik o’chirishni faqat administratorlar yoqib biladi.

Asosiy ekrandagi vidjetlar

Muhim suhbatlarga tezkor kirish uchun endi Telegram vidjetini telefoning asosiy ekraniga qo’shish mumkin.

Chatlar vidjeti tanlangan suhbatlarda so’nggi xabarlarni, Yorliqlar vidjeti esa va foydalanuvchi nomlari va suratlarini ko’rsatadi.

Vidjetni qoʻshish uchun bosh ekranda barmogʻni bosib turib, keyin Telegramni qidirish uchun Android qurilmasida “Vidjetlar"ni yoki iOS qurilmasida (+) belgisini bosish kerak.

Vaqtinchalik taklif qilish havolalari

Endi, asosiy havoladan tashqari, qo’shimcha havolalar yaratilishi mumkin. Ularning har biri uchun amal qilish muddati va qo’shiluvchilar soni yoki ikkala parametr uchun bir vaqtni o’zida cheklov qo’yish mumkin.

Har bir taklifnoma havolasini QR-kod shaklida olish mumkin. Guruhga qo’shilish uchun shunchaki telefon kamerasini kodga yo’naltirish kerak.

Taklif havolasini koʻrish va boshqarish uchun Guruh yoki kanal profilini ochib > Tahrirlash > Taklif havolalari rukniga kiriladi. Havolani QR kodga aylantirish uchun (⋮) yoki (⋯) belgisini bosiladi.

Cheklanmagan aʼzolarga ega guruhlar

Telegram guruhlari 200 000 gacha aʼzoga ega boʻlish imkonini beradi ammo cheklovga yaqinlashgan guruhlar endi translatsiya guruhlariga aylantirilishi mumkin. Bu guruhlarda ishtirokchilar soni cheklanmagan.

Translatsiya guruhiga aylantirilganida faqat administratorlar xabar yuborib biladi, lekin qolgan aʼzolar ovozli chatlarga qoʻshilishi mumkin.

Yaxshilangan chatlar importi

Import qilingan va asl xabarlar endi birlashtirilgan va dastlab yuborilgan sanasiga ko’ra tartiblangan bo’ladi. Bu tarixni 1000 dan kam xabarli chatlarga import qilishda ishlaydi. Aks holda, mavjud chat tarixining oxirida yangi xabarlar import qilinishda davom etadi.

Shikoyatlarni yuborish tizimida yangilanish

Tekshiruvni tezlashtirish uchun endi ilova shikoyatni yuborish paytida har doim zarur xabarlarni belgilashni soʻraydi.

Shu bilan birga, tanlangan shikoyat sababidan qatʼi nazar soxta hisoblarni xabar qilishdagi kabi qoʻshimcha fikr bildirish imkonini beruvchi shakl paydo boʻladi.

Yana boshqa animatsiyali emojilar

Chatda bitta emojini yuborish orqali quyidagi yangi qahramonlarni sinab ko’rish mumkin.