“Uzbekistan Airways” Istanbul shahriga Farg’ona va Urganch aeroportlaridan muntazam qatnovlar yo’lga qo’yganligini e’lon qildi.

Farg’ona va Istanbul orasidagi qatnovlar 3-martdan boshlanib, chorchanba va shanba kunlari quyidagi tartib asosida amalga oshiriladi:

  • Farg’ona — Istanbul uchish — 08:50, qo‘nish — 12:30
  • Istanbul — Farg’ona uchish — 14:00, qo‘nish — 20:50

Urganch va Istanbul orasidagi qatnovlar 28-martdan boshlanib, faqat yakshanba kunlari quyidagi tartib asosida amalga oshiriladi:

  • Urganch — Istanbul uchish — 09:30, qo‘nish — 11:50
  • Istanbul — Urganch uchish — 13:20, qo‘nish — 19:05

Avvalroq Spot “Uzbekistan Airways” 1-martdan onlayn ro’yxatdan o’tish xizmatini ishga tushirgani haqida yozgan edi.