“UzAuto Motors” barcha avtomobillari narxi pasayishi ma’lum qilindi. Bu haqda “UzAuto Motors” kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov ma’lum qildi.

“Barcha ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning tannarxini pasaytirish ustida ishlanmoqda. O‘tgan 2020-yilda narxlarni qanchaga pasaytirgan bo‘lsak, bu yil ham undan kam bo‘lmagan miqdorda narxlar pasaytiriladi”, — dedi Rustam Rajabov.

Avvalroq Spot, “UzAuto Motors” kompaniyasiga mikrosxemalarni GM ta’minlab berishi va bu muammo sabab mashinalarni yetkazib berish jarayoni sekinlashuvi kuzatilishi mumkinligi haqida yozgan edi.