Xitoyning O’zbekistondagi elchixonasida qaysi mahsulotlar eksporti ortishi haqida ma’lumot berib o’tildi. Unga ko’ra, yaqin kelayotgan yillar uchun O’zbekiston Xitoyga uzum, olxo’ri, shaftoli, xurma va boshqa sabzavot ekinlarini yetkazib berish uchun ruxsatnoma olishni reja qilmoqda.

Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, 2020-yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi $36,3 mlrd ni tashkil etgan. Xitoy esa bu borada $6,4 mlrd., eksport — $1,9 mlrd., import $4,5 mlrd bilan birinchi o’rinni egallagan.