Innovatsion rivojlanish vazirligi “Tez Chat"ga 4,2 mlrd so’m ajratishni rad etdi. Bu haqida vazirlik sayti xabar beradi.

“Grand Soft Invest” MCHJ tomonidan taqdim etilgan “Tez Chat” mobil ilovalar uchun ko‘p funksiyali messenjer platforma" innovatsion loyihasi ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilarkan, uning asosida ilmiy tadqiqot ishlari mavjud emasligi aniqlandi.

Mazkur loyiha mualliflari ushbu loyihani bajarish uchun 4 220 000 924 so’m miqdorida pul mablag‘lari so‘ragan. Jiddiy kamchiliklarga ega va ekspertlar tomonidan salbiy baholangan loyihaga pul ajratilmaydi.

O‘z navbatida loyiha rahbari tanlov natijalaridan norozi emasligini bildirgan. Loyiha rahbari Zaynidinov Hakimjon Nasiridinovichning “Grand Soft Invest"da faoliyat yuritmasligi ham tanlov shartlarining qo‘pol buzilishi sanaladi.

Shu yuzasidan mazkur tanlov vazirlik tomonidan qayta tashkil etiladi. Unda shu yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish istagida bo‘lgan barcha ilmiy jamoalar, xususan “Grand Soft Invest” ham qatnashishi mumkin.