2021-yil 26−28-mart kunlari startaplar va axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka bagʻishlangan “Online Startup Weekend Uzbekistan 2021” tadbiri boʻlib oʻtadi. Bu haqida IT Park sayti xabar beradi.

“Online Startup Weekend Uzbekistan 2021” tadbiri tashkilotchilari Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish boʻyicha USAID Loyihasi koʻmagida IT Park, MOST Biznes inkubatori tomonidan tashkil qilinadi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar oʻz startaplarining boshlangʻich prototipini ishlab chiqishi mumkin boʻlgan “Techstars Startup Weekend” non-stop marafoni tashkil qilinadi. Ishtirokchilar biznes-gʻoyalarni amalga oshirishga yordam berishga tayyor boʻlgan eng yaxshi mentor, investor va kompaniya taʼsischilari bilan koʻrishadilar.

“Techstars Startup Weekend” — bu tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan global tashabbus hisoblanadi.

Mentor va spikerlar:

  • MOST asoschisi — Olim Xamitov;
  • Markaziy Osiyo Biznes Angellar Klubi hamda MOST Venchur fondi boshqaruv hamkori — Mirat Ahmetsadikov;
  • “Techstars Startup Weekeend” sertifikatli fasilitatori — Dinara Babich va boshqalar.

Shuningdek, Oʻzbekistonlik mutaxassislar ham so’zga chiqishadi.

Ishtirok so’ngida siz qo’lga kiritasiz:

  • boshqa startapchilar bilan bir jamoada ishlash imkoniyati;
  • yetakchi IT-ekspertlar bilan ishlash imkoniyati;
  • oʻz startapingiz prototipini yaratish;
  • eng yaxshi 4 jamoa markazlashtirilgan “Startup Weekend"da ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • venchur fondlari, biznes-angellar, korporatsiyalar, sovrinlarni oʻz ichiga olgan Xalqaro da ishtirok etish;
  • Ekspertlar tomonidan ishtirokchilarga kraudfanding va moliyaviy modellar vositalari haqida maʼlumot beriluvchi “Finance PM” tomonidan bepul konsultatsiya olish.

Gʻoliblar pul mukofotiga ega boʻladilar va “Startup Weekend” xalqaro finalida oʻz mamlakati nomidan ishtirok etadilar.

Tadbir haqida yanada koʻproq maʼlumot quyidagi havola orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtish bu yerda.

Maʼlumot oʻrnida:

MOST Qozogʻistondagi birinchi biznes-inkubator boʻlib, u biznesni rivojlantirishning barcha bosqichlarida texnologik tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydi va kelajakdagi tadbirkorlar oʻz loyihalari ustida ishlashlari, tajriba almashishlari, tajribali tadbirkorlardan maslahat olishlari va mablagʻlarini jalb qilishlari uchun mablagʻ jalb qilishlari mumkin boʻlgan ijodiy maydonni tashkil etadi.

“Finance PM” — boshlangʻich va texnologik korxonalar uchun moliyaviy yechimlar berishga ixtisoslashgan konsalting firmasi. “Finance PM"ning asosiy mijozlari Yevropa Ittifoqi va Markaziy hamda Sharqiy Yevropadan boʻlgan texnologiya kompaniyalari va startaplar hisoblanadi.