Facebook 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun Instagramning yangi versiyasini yaratadi. Bu haqida rbc xabar berdi. Hozirda instagram 13 yoshdan kichiklarga ushbu ilovada akkaunt yaratish imkoniyatini bermayapti.

Shuningdek, Facebook Instagramda “Ota-onalar nazorati” tizimini yaratish imkoniyatlarini o’rganmoqda. Bu esa bolalarga ilovadan xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi.

Manbaning ta’kidlashicha Instagramning yangi versiyasi Messenger Kidsga o’xshash bo’ladi. Unda 6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar Facebookda xabarlashishlari mumkin.