Avvalroq Spot, Yandex Go taksilarda mijozlar bank kartalari orqali to’lov amalga oshirishlari to’g’risida xabar bergan edi. Naqd bo’lmagan ko’rinishdagi to’lovlar kartadan avtomatik tarzda yechilishi ko’zda tutilgan.

Ammo ilovadan foydalanuvchilarning ko’p qismi, haydovchilar naqdsiz shaklda pul qabul qilmayotganligi haqida shikoyat qila boshlashdi. Shunga o’xshash postlar ijtimoiy tarmoqlarda ham paydo bo’la boshladi. Foydalanuvchilarning aytishicha, haydovchilar mijoz qabul qilishadi, ammo to’lovni faqat naqd pul orqali talab qilishmoqda.

Haydovchilar esa bu holatni plastik kartalardan foydalanmasligi va naqdsiz shakl bilan ishlash ularga noqulay ekanligini ta’kidlashgan.

“Haydovchilar belgilangan buyurtmadan bosh tortmasliklari kerak. Agar shunday holatlar yuz berdigan bo’lsa, mijozlardan Yandex Go ilovasining qo’llab-quvvatlab markaziga yozishlarini so’raymiz. Agar shikoyatlar yana takrorlansa, haydovchi xizmatda buyurtmalar qabul qilishdan chetlatiladi”, deya Spotga xabar beradi Yandex Go matbuot xizmati.

Avvalroq Spot, “Yandex Go” Toshkentda yuk mashinasi va yuk tashuvchilarni o‘z ichiga olgan “Yuk tashish” tarifini joriy qilganligi haqida ma’lumot bergan edi