Toshkentning Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko’chasida yangi 4 yulduzli “Lumiere Hotel&SPA” mehmonxonasi ochildi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish qo’mitasi sayti xabar beradi.

Mehmonxona fransuzcha uslubda qurib jihozlangan bo‘lib, kelgusida esa yana bir — inglizcha uslubdagi mehmonxona qurilishi rejalashtirilgan.

“Lumiere Hotel&SPA” mehmonxonasi geografik nutqai nazardan qulay joyda, yaʼni Toshkent xalqaro aeroportidan 10 daqiqalik masofada joylashgan.


Mehmonxona 61 nomerdan iborat bo‘lib, bu yerda sayyohlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Har bir xona zamonaviy va qulay jihozlar, personal boshqaruvli konditsioner tizimi, IP-televideniyega ega televizor, yozuv stoli, garderob, mini-bar, dam olish zonasi va Wi-Fi bilan jihozlangan.


Yangi mehmonxona hududida bir vaqtning o‘zida 114 kishini o‘zida sig‘dira oluvchi “Lumiere” restorani, “Lobby Lounge” bari, “Centris Fit&Spa” fitness klubi, zamonaviy anjumanlar zali hamda muzokaralar uchun zallar mavjud. “Lumiere Hotel&SPA” turli konferensiyalar, seminarlar va kongresslarni o‘tkazish uchun ham juda qulay.

Joylashni band qilish va narxlarni bilish mehmonxona sayti va Booking.com orqali amalga oshiriladi.