Ishbilarmonlarning ijtimoiy tarmog’i sanalgan LinkedIn xuddi Clubhousening funksiyalariya ega imkoniyatlarni taqdim qilmoqda. Bu haqida manbalarga asoslanib Forbes xabar beradi.

“Biz sizning professional shaxsingiz bilan bog’liq bo’lgan noyob audio tajribalarni sinovdan o’tkazish va yaratishning dastlabki bosqichidamiz”, dedi LinkedIn vakili Syuzi Ouens nashrga. Kompaniya LinkedIndagi “voqealar” va “guruhlar” ichida audio foydalanish usullarini izlamoqda, dedi u.

TechCrunch kompaniya bilan bo’lgan suhbatda foydalanuvchilar muloqot qilishning yangi usullarini joriy qilishni so’rashgani ma’lum bo’ldi. Komaniya kutilayotgan xonalarning interfeysi bilan Twitterda bo’lishdi.

“Biz tushinb yetgan katta o’zgarish shundaki, odamlar professional tajribani kichik kontent deb sanashdan to’xtashdi. Bu uning asosiy elementi ekanligini tushunishdi”, deydi LinkedIn bosh muharriri Den Rot.

Clubhousga o’xshash analog ilobvalarni ko’plab kompaniyalar o’z ilovasiga joriy etish bo’yicha izlanishlar olib borishmoqda. Ulardan biri Spot oldinroq xabar berganidek, musiqaviy Spotify tizimidir.