2021-yilda O’zbekiston iqtisodiyoti qanday bo’ladi. Jahon banki prognozi

O‘sish sur’atiga jahon iqtisodiyoti tiklanishi tezligi va aholini COVID-19'ga qarshi emlash ta’sir qilishi mumkin.


2021-yilda turizm qanday bo’lishi kutilmoqda. Butunjahon sayyohlik tashkiloti prognozi

Tashkilot sohani qayta tiklashda qat’iy chora-tadbirlarga amal qilishga chaqirdi.


2021-yil aprel oyida O’zbekiston banklaridagi avtokredit bo’yicha holat

Avtokreditlar uchun yillik foiz moqdori o’tgan ikki oyga qaraganda o’rtacha o’sishni qayd etgan. Asia Alliance Bank eng past foizli kreditni taqdim qildi. Kapitalbankda esa bu turdagi kreditlar berish to’xtatilgan.


Xalqaro tirbandlik: Suvaysh kanalidagi navbatdagi inqiroz nimaga olib keladi

“Ever Given” kemasining to’xtashi bilan bog’liq vaziyat qanday o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Spot mutaxassis fikri bilan bo’lishdi.


Hafta davomida ro’y bergan muhim yangiliklar:

  1. Bill Geyts oxirgi o’qigan kitoblar ro’yxati bilan bo’lishdi. Reddit AMA’ga bergan intervyusida Bill Geyts iqlim isishiga qarshi kurashish, konspirologiya nazariyasi haqida fikr bildirdi. Odatga ko’ra, u o’zi oxirgi vaqtda o’qigan kitoblar ro’yxatini ham sanab o’tdi.

  2. Pandemiyadan so’ng Xitoy iqtisodiyotining tez fursatda tiklanishi nima bilan izohlanadi. Financial Times nashrining ma’lumotlariga ko’ra, dengiz yuk tashish tizimining faoliyati yomonlashuvchi, temir yo’l konteynerlariga bo’lgan ehtiyojni oshirgan.

  3. Suvaysh kanali kemalar harakati uchun ochildi. Ayni paytda Suvaysh kanalidan o‘tish uchun 422 ta yuk kemasi navbatda turibdi, dedi kanal ma’muriyati rahbari Usama Rabiya matbuot anjumanida.

  4. Obligatsiyalar Telegramni boshqarish huquqini bermaydi — Pavel Durov. Ilova yaratuvchisi obligatsiyalar Telegram messenjerini boshqarish huquqini bermaydi va investorlar uning siyosatiga ta’sir o’tkaza olmaydilar deya e’lon qildi.

  5. Spotify ilovaga yangi funksiyalarni joriy etadi. Locker Room kompaniyasining sotib olinishi qo’shiqchilar, musiqachilar va muxlislar bilan alohida xonalarda muloqot qilish imkonini beradi.

  6. LinkedIn audio formatdagi muloqot imkoniyatlarini sinab ko’rmoqda. Ilova biznes-ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga “professional shaxsiga bog’liq noyob audio tajriba” ni taqdim etishni va’da qilmoqda.

  7. “Malika” savdo majmuasi va boshqa davlat aktivlari ommaviy savdoga qo’yildi. Sotish 2-bosqichda amalga oshiriladi — malakaviy saralash va talabgorlarning sotib olish qobiliyatini baholash.

  8. “Яндекс” o’z logotipini yangiladi. “Яндекс” 13 yil deganda birinchi bor o’z logotipini yangiladi va yana bir qancha o’zgartirishlar kiritdi.

  9. Bayden AQSH iqtisodiyotini rivojlantirish bo’yicha yirik tashabbusni taklif etdi. Dastur $2 trlnga teng bo’lib, sanoatni qayta tiklash,infratuzilmani yangilash va ijtimoiy dasturlarga investitsiya kiritishni ko’zda tutadi.

  10. Anor plantatsiyasi meva yetishtirishning yangi strategik yo’nalishi — East Fruit. O’zbekistondagi bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar, rejalar va kamchiliklar haqida nashr mutaxassislari fikr bildirdi.