Amerika Qo’shma Shtatlari eng yirik korporatsiyalar uchun yangi soliq modelini taklif qildi, bu ularni pul topadigan barcha mamlakatlarda ko’proq pul berishga majbur qiladi. Bu faqat katta daromad va foyda keltiradigan eng muhim gigantlarganisbatan qo’llaniladi. Bu haqida Forbes nashri xabar beradi.

Jo Bayden adminstratsiyasi xalqaro korporatsiyalarni soliqqa tortish bo’yicha yangi model taklif qilgan.

Uning maqsadi — eng yirik transmilliy kompaniyalarni ushbu mamlakatlarning har biridagi sotuvga qarab, ular faoliyat ko’rsatayotgan davlatlarning hukumatlariga soliq to’lashni majbur qilish.

Reja AQSh moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Iqtisodiyotning qaysi sektorida ishlashidan qat’i nazar, dunyodagi eng yirik va eng boy korporatsiyalargina uning ta’siriga tushadi — daromad va foyda ko’rsatkichlari hisobga olinadi, deb yozadi FT.

Gazetaning yozishicha, yangi qoidalar faqat 100 ga yaqin kompaniyalarga, shu jumladan AQShning texnologiya gigantlariga ta’sir qiladi. Agar AQShning takliflari qabul qilinadigan bo’lsa, boshqa mamlakatlar hanuzgacha turli yurisdiksiyalarda faoliyat yuritadigan, ammo ularda ozgina soliq to’laydigan yirik transmilliy biznesdan o’z daromadlarini oshirishlari mumkin.

O’zgarishlarning qabul qilinishi, kompaniyalar ko’proq pul to’lashi kerak degani emas, deb ta’kidlaydi Bloomberg. Ammo ular o’zlarining foydalari hozirgi zamonga qaraganda ko’proq mamlakatlar tomonidan soliqqa tortilishi haqiqatiga duch kelishadi.

“Ular o’zlarining foydalanuvchilari yoki iste’molchilari bo’lgan mamlakatlarda ko’proq va ularning shtab-kvartirasi agar bitta davlatda joylashmagan bo’lsa kamroq soliq to’laydilar”, deb ta’riflaydi agentlik.

AQSh 135 mamlakatga, shu jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (OECD) o’z taklifini yubordi, shu asosda xalqaro soliq tizimidagi o’zgarishlar muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Spot, Amerika Prezidenti mamlakatni rivojlantirishning yangi g’oyasini taklif etganligi haqida ma’lumot bergan edi.