AQSh Savdo vazirligi 8-aprel kuni Xitoyning yettita texnologik tashkilotlarini qora ro’yxatiga kiritdi, ularning harakatlari, Vashington fikricha, AQSh milliy manfaatlariga ziddir.

“AQSh Savdo vazirligi o’z faoliyatlari AQShning milliy manfaatlari yoki xalqaro siyosat manfaatlariga zid bo’lgan tashkilotlar ro’yxatiga Xitoyning yettita superkompyuter tashkilotini qo’shdi”, deyiladi hujjatda.

AQSh rasmiylarining fikriga ko’ra, ushbu xitoylik kompaniyalar “Xitoy qurolli kuchlari foydalanadigan superkompyuterlarni yaratishda ishtirok etmoqda”. Shu bilan birga, ushbu hisoblash tizimlari ommaviy qirg’in qurollarini yaratish dasturlarida ishlatilishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Spot, Xiaomi kompaniyasi AQSH Moliya vazirligi tomonidan qora ro’yxatga kiritilganligi va sudga oshirilgan ishda Xiaomi qisman g’alabaga erishganligi haqida ma’lumot bergan edi.

Ma’lumot uchun: Xitoy kompaniyalarining qora ro’yxatga kiritilishi “USA- China Trade War” (Amerika Xitoy Savdo urushining) bir qismi hisoblanadi. Bu iqtisodiyoti dunyoda ikkinchi o’rinda turgan Xitoyni kuchsizlantirishga qaratilgan harakatlardir. Qora ro’yxatga tushgan kompaniyalar fond bozorida o’z qiymatini yo’qotadi, aksiyalar narxi tushadi, mahsulot G’arb bozoridan chiqarib yuboriladi. Bu o’z navbatida Xitoy uchun yangi bozorlarga kirib borish imkonini beradi.