UzAutoMotors ayrim avtomobil modellarining narxi oshgani yuzasidan bayonot berdi

Dollar kursining o‘sishi (30%dan ko‘proqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanishi (10−15%), pandemiya va boshqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida o‘sishi ushbu avtomobil rusumi narxining yangilanishiga asosiy sabablaridan bo‘ldi, deyiladi bayonotda.

O’zbekistonning avtomobil tarmog’i qanday xususiylashtiriladi

Birinchi bosqichda xususiylashtirishga tayyorlanadi, ikkinchi bosqichda esa yangi turdagi avtomobillar ishlab chiqariladi.

QQS stavkalarini pasaytirish yoki soliq imtiyozlari berilishi iste’molchilar va biznes uchun qanchalik samarali — Dilshod Sultanov bilan suhbat

QQS stavkasini kamaytirishning samarali alternativ varianti mavjud — bu manzilli subsidiyalar orqali tarmoqni qo‘llab-quvvatlash va byudjetga soliqni to‘lash muddatini oshirish.

AMICIF O’zbekistonda — qanday qilib Fransiyaga bepul amaliyotga borib kelish mumkin. Talabalarning tajribasi

Spot dastur orqali Fransiyada bepul amaliyot o’tagan O’zbekistonlik talabalar bilan eksklyuziv suhbat uyushtirdi. Ular g’olib bo’lishdagi shaxsiy tajribalari va taassurotlari bilan bo’lishishdi.

Dunyoda yuz bergan TOP-10 yangilik

  1. “LG” kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarishni butunlay to’xtatadi. Kompaniya smartfonlar bozoriga 2013-yilda kirib kelgan bo’lib, oxirgi 6 yil davomida $4,5 mlrd zarar ko’rgan.
  2. Saudiya Arabistoni Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshirdi. Saudi Aramco kompaniyasining xabar berishicha, Arab Light markasidagi neft barreli uchun 40 sent deb belgilangan.
  3. Milliarder Mark Kyuban efirium kriptovalyutasiga investitsiya kiritdi. Hozirda uning kriptoportfeli 60% bitkoindan, 30% efiriumdan va qolgan 10 foizi tokenlardan iborat.
  4. Kriptovalyutalar bozorining hajmi 2 trln dollardan oshdi. Bu Apple’dan keyingi kapitalizatsiyasi yuqori bo’lgan uchinchi yirik bozor hisoblanadi.
  5. Forbes dunyodagi eng boy odamlar reytingini e’lon qildi. Jef Bezos 4-yil ham ro’yxatning birinchi o’rnini egallab kelmoqda.
  6. Dunyodagi eng qimmat xususiy samolyotlar ro’yxati. Ularning asosiy qismi Airbus va Boeing kompaniyasi mahsulotidir.
  7. AQSH xalqaro korporatsiyalar uchun soliqning yangi modelini taklif etdi. Bundan ko’zlangan maqsad eng yirik transmilliy kompaniyalarni ushbu mamlakatlarning har biridagi sotuvga qarab, ular faoliyat ko’rsatayotgan davlatlarning hukumatlariga soliq to’lashni majbur qilish.
  8. “Додо Пицца” tarmog’ining Xitoydagi restoranlari yopiladi. Kompaniya asoschisi Fyodor Ovchinnikov ushbu qarorni yanada istiqbolli yo’nalishlar uchun resurslarni bo’shatishga yordam berishi bilan izohladi.
  9. Turkiya Markaziy banki o’z kriptovalyutasini yaratishi to’g’risida xabar qildi. Joriy yilning so’ngiga qadar kriptovalyuta chiqarishning huquqiy, iqtisodiy va texnik asoslari yaratiladi.
  10. Alibaba rekord darajadagi jarimaga tortildi. Xitoy hukumati kompaniya harakatlari elektron savdo tizimini yomonlashuvida va antimonopol qonunchilikni buzishda aybladi.