“O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati hamda Fransiyaning eng yirik elektr energiya ishlab chiqaruvchi “EDF” kompaniyasining xalqaro aloqalar, Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mas’ul vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Energetika vazirligi matbuot markazi xabar beradi.
Ikki tomonlama muzokaralarda “EDF” kompaniyasining xalqaro bo‘linmalariga mas’ul, katta ijrochi vise-prezidenti Beatris Buffon, Yevropa mamlakatlari bo‘linmalariga mas’ul, katta ijrochi vise-prezidenti Mark Jirar, MDH mamlakatlari ofisi rahbari Loran Paganon, MDH mamlakatlari ofisi loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha mas’ul Mat’yo Filipp hamda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi loyihasi menedjeri Korin Sandberglar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda mamlakatimizda ilk bor GAES qurilishi, suv omborlarida suzuvchi quyosh stansiyalarini o‘rnatish, ikki tomondan maxsus ishchi guruhlar tuzish hamda asosiy tashkiliy masalalarni muhokama qilish borasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi, shuningdek, o‘zaro amaliy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng.
Ma’lumot uchun: EDF — Fransiyadagi eng yirik davlat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi va dunyodagi eng yirik atom elektr stansiyasi operatori hisoblanadi.
15 aprel 2021, 11:10
Energetika
Bo’stonliqda quvvati 200 MVt bo’lgan GAES qurish rejalashtirilmoqda
Investor Fransiyaning EDF kompaniyasi bo’lib, dunyodagi eng yirik atom elektr stansiya operatori hisoblanadi.

Foto: iStock
- 786
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 15:08 Iqtisodiyot
Toshkentda Bektemir City turar-joy majmuasini qurish rejalashtirilmoqda
Loyiha qiymati $400 mlnni tashkil etib, uning doirasida 6 204 ta xonadonga mo‘ljallangan 49 ta ko‘p qavatli uy-joy, bog‘cha, maktab hamda xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari quriladi.
Bugun, 13:53 Biznes
“Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti” — UzAuto Motors
Avvalroq Xorazmdagi Damas zavodida arzon minivenlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.
Bugun, 13:33 Qiyofa
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi
Qayd etilishicha, mazkur chora-tadbirlar ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bugun, 13:14 Biznes
Donald Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida $2 mlrd daromad qildi
Prezidentning oilasi turli loyihalar, jumladan, kriptovalyuta, ko‘chmas mulk va boshqalardan daromad olgan.
Bugun, 11:47 Iqtisodiyot
Toshkentda birinchi bosqichda 65 ta turar joy renovatsiyasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda
Poytaxtda umumiy qiymati $25 mlrdlik 717 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan bo‘lib, shundan $7,5 mlrdi 2025-yilda o‘zlashtiriladi.
Bugun, 11:02 Iqtisodiyot
Pensiya tizimini xususiylashtirish rejalashtirilmayapti — Strategik islohotlar agentligi
Agentlikning tushuntirishicha, sohaga xususiy sektorni jalb qilish davlat ishtirokidagi pensiya fondini bekor qilishni nazarda tutmaydi.
Bugun, 10:45 Energetika
Jizzaxda fermer xo‘jaligi 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi
Xusuan, quvvati 60 kVt bo‘lgan 8 ta suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari ulanganligi aniqlandi.
Bugun, 10:23 Iqtisodiyot
Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin — OAV
Shuningdek, Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga Xitoy, BAA, Turkiya, Serbiya, Vetnam kompaniyalari ham kiritilishi kutilmoqda.