Instagram va Facebook layklarni yashirish funksiyasini sinab ko’rishmoqda. Bungacha hisoblagich faqat kichik bir guruhga yashiringan edi, endi test butun dunyoda va Facebookda o’tkaziladi.

Avvalgi testlarga nisbatan asosiy o’zgarish shundaki, endi foydalanuvchilar layklarni ko’rishni xohlashadimi yoki yo’qmi, o’zlari tanlashlari mumkin. Kompaniya hisoblagichni o’chirib qo’yish ijtimoiy bosimni pasaytirganini aniqladi, ammo barcha foydalanuvchilar uchun emas, dedi Facebook matbuot xizmati.

“Ba'zi foydalanuvchilar layklarni ko’rmayotganlarida ijtimoiy bosimni kamroq his qilishlarini payqashadi, ammo boshqalar baribir ularni ko’rishni va ommabop narsalarga ergashishni xohlashadi”, — deyiladi Facebook matbuot xizmatida.

Birinchi test natijalariga ko’ra, Instagram layklarni o’chirib qo’yishni ixtiyoriy qildi. 14-apreldan boshlab butun dunyo bo’ylab xizmatning ko’plab foydalanuvchilari ularni ko’rish yoki ko’rmaslikni tanlashlari mumkin, test Facebookda ham bo’lib o’tadi.