“Uzcard” kompaniyasi psixologiya va jurnalistika yo‘nalishida ta’lim oluvchi 1- va 2-bosqich talabalarini amaliyot dasturini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qoldirgan.

Nomzodlardan talab qilinadi:

  • rus va o‘zbek tillarida erkin gaplashish;
  • kirishimli va faol bo‘lish;
  • kirish topshirig‘ini bajarishga tayyor bo‘lish.

“Uzcard” kompaniyasida ikki oylik amaliyot o‘tash imkoniyatini sinab ko‘rish imkoni bor. Kompaniya ilk kundan boshlab tajribali ustozlar rahbarligida talabalarga ko‘proq bilim berishni maqsad qilgan. Amaliyotchilar portfolioga qo‘shishlari mumkin bo‘lgan real vazifalarni bajarishi ta’kidlanmoqda.

Xabarda aytilishicha, eng yaxshi amaliyotchilar kompaniyada doimiy ishga qolishlari mumkin bo‘ladi.

“Uzcard-da stajirovka o‘tishni istayman!” mavzusi bilan xatlarni youth@uzcard.uz elektron manziliga yuborish mumkin.