O‘zbekistonga uch oyda 91 ta elektromobil olib kelindi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan 91 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 78 taga ko‘p.

2021-yilning mart oyida 6 ta elektromobil import qilingan.

2021-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy — 56 ta
  • Turkiya — 24 ta
  • Germaniya — 3 ta
  • Koreya — 3 ta
  • AQSH — 3 ta
  • Litva — 1 ta
  • Ispaniya — 1 ta

So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:

  • 2018-yilda — 13 ta
  • 2019-yilda — 39 ta
  • 2020-yilda — 131 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilning yanvar-mart oylarida import qilingan elektromobillar uchun 1,8 million AQSH dollari sarflangan.