Qozog‘iston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2020 yil-yanvar-dekabr oylarida 70,1 trillion tengeni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6% ga kam, deb yozmoqda Ranking.kz.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining “Jahon iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari” hisobotiga ko‘ra, jahon iqtisodiyotining real yalpi ichki mahsuloti 3,3% ga kamaydi, ammo prognozlarga ko‘ra bu yil o‘sish 6% ga yetishi mumkin.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi prognoz O‘zbekistonga tegishli bo‘lib, 2026-yilga kelib eng yuqori real o‘sish ko‘rsatkichi 5,5% ni tashkil etishi mumkin. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (4,4%), Qirg‘iziston, Tojikiston (har biri 4%) va Turkmaniston (3,7%) sanab o‘tilgan.

Shu bilan birga, joriy yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida YaIMning eng kichik real o‘sishi Qozog‘istonda (3,2%) kutilmoqda, eng yuqori ko‘rsatkich Qirg‘iziston (6%), undan keyin O‘zbekiston (5%), Tojikiston (5%) va Turkmanistonga (4,6%) tegishli.

2022-yilda O‘zbekiston (5,3% gacha) va Qozog‘iston (4% gacha) uchun yalpi ichki mahsulotning o‘sishi prognoz qilinmoqda. Qolgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida, prognozlarga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish, aksincha, sekinlashadi.

2020-yilda O‘zbekistonda YaIMning real o‘sishi 1,6% ni tashkil etdi. Qozog‘istonda YaIMning tarmoq tizimida xizmatlar ko‘rsatilishi ustunlik qildi. Sanoatning YaIMdagi ulushi 27% (minus 0,4%), qurilish — 6,1% (plyus 11,2%), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida esa — 5,3% (plyus 5,6%)ni tashkil etdi.

2020-yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston YaIMning sanoat ulushi 26,3% (plyus 0,7%), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 26,1% (plyus 3%), qurilish — 6,5% (plyus 9,2%) ni tashkil etdi.

Qozog‘istonda aholi jon boshiga YaIM 2020-yilda $9,06 mingni tashkil etdi, bu O‘zbekistonnikidan ancha yuqori hisoblanadi ($1,69 ming).

Shu bilan birga, aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston Qozog‘istonni ortda qoldirmoqda. Ko‘rsatkich 2018-yilda — 2,6% ga nisbatan 3,6%, 2019-yilda — 3,8% ga nisbatan 3,2% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilda O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 0,3% ga, Qozog‘istonda esa 3,9% ga kamaydi.