Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airports transformatsiya qilinishi natijasida nimalar o‘zgaradi
Yangi biznes strategiyasiga ko‘ra, qatnovlar gibrid usulga o‘tkazilib, to‘liq va byudjet xizmatlar modeli bo‘yicha amalga oshiriladi.
“Bizning asosiy raqibimiz — mahalliy bozorlar” — Roman Sayfulin, Makro
“Alter Ego"ga bergan intervyusida tadbirkor raqobatdagi qiyinchiliklar va biznesdagi muhim jihatlar haqida so’z yuritdi.
Prezident tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi qarorni imzoladi
Oilaviy tadbirkorlik, eksport qiluvchilar uchun yengilliklar va soliq imtiyozlari haqida.
Hafta davomida dunyoda yuz bergan TOP-10 yangilik
- Telegram messenjerda tovarlar va xizmatlarning to’g’ridan-to‘g‘ri savdosini yo‘lga qo‘yadi. Xaridlar uchun to’lovlarni Сбербанк, ЮMoney, Tranzzo, Stripe, Click, Payme, LiqPay va Ecompay orqali to’lash mumkin.
- Xitoy chet elliklarga raqamli yuandan foydalanishga ruxsat beradi. Xitoy Xalq banki 2022-yilgi Olimpiada davomida raqamli yuanning ko‘lamini kengaytirishni maqsad qilmoqda.
- NASAning Ingenuity vertolyoti Marsda birinchi parvozini amalga oshirdi. 2012-yilda e’lon qilingan dastur missiyasining asosiy maqsadi Mars sayyorasidagi hayot izlarini qidirishdan iborat.
- Britaniya hukumati raqamli valyuta chiqarish imkoniyatlarini o’rganmoqda. Uni “Britcoin” deya nomlash taklif etildi.
- Apple 2021-yil hisobida birinchi bor yirik taqdimotni o’tkazadi. Tahlilchilar “inqilobiy o’zgarishlar” bo’lmaydi, ammo yangi qurilmalar albatta taqdim etiladi deyishmoqda.
- Android 12 smartfondan keraksiz ilovalarni mustaqil ravishda o’chirib tashlash funksiyasiga ega bo’ladi. Operatsion tizimning yangi talqini may oyida taqdim etiladi va joriy yilning kuzida ishga tushiriladi.
- Bill Geyts bitkoinning narxi keskin pasayishini bashorat qilgan. Tadbirkorning bu prognozlari bitkoin narxining pasayishiga ta’sir ko’rsatdi.
- Mark Kyuban bitimlar tuzishga unga muvaffaqiyat olib kelgan odati haqida so’zlab berdi. Bu odatini 40 yildan buyon barcha ish uchrashuvlarida qo’llab kelayotganligini aytdi.
- Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, bildirishnoma rejimlari va iMessage: iOS 15 haqida ayrim ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Kompaniya iyun oyidagi onlayn taqdimotida yangi iOS’ni namoyish qilishi mumkin.
- Xitoy Xalq banki Ant Group ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi. Endilikda regulyator kompaniyadan iste’mol kreditlari to’g’risidagi ma’lumotlarining oshkoraligini talab qilmoqda.