Ushbu tadqiqot bank tizimi aktivlari tarkibida xususiy sektor ulushining o‘zgarishlari, bank sohasidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholab borish uchun o‘tkazilmoqda. Mazkur indeks asosida har chorakda banklar reytingi yangilab boriladi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.

2021-yil 1-mart holatiga ko‘ra respublika bank tizimi aktivlari 366,2 trln. so‘mni (2020 yil 1 martga nisbatan o‘sish — 31,3%), majburiyatlari — 306,6 trln. so‘mni (o‘sish — 38,3%), kapital 59,5 trln. so‘mni (o‘sish — 12,4%) tashkil etdi.


17 ta yirik bank orasida Kapitalbank” o‘tgan yilning 2-choragidan buyon 1-o‘rinni saqlab qolmoqda. Mazkur bankning muddatli depozitlarining kreditlariga nisbati 78% ni tashkil etdi. Boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablag‘lar ulushi 3,5% ga yetdi.

“Trast bank” umumiy reytingda 2020-yil 4-chorakdagi o‘rnidan 2 pog‘ona ko‘tarilib, 2-o‘rinni egalladi. Aloqa bank” davlat ulushi mavjud yirik banklardan biri sifatida umumiy reytingda 3-o‘rinni saqlab qoldi. Ushbu bank moliyaviy vositachilik, kapital yetarliligi va aktivlar sifati bo‘yicha yaxshi natijalarni ko‘rsatdi.

Shuningdek, Mikrokredit bank” va O‘zsanoatqurilish bank” umumiy reytingda eng yuqori ko‘tarilishga erishdi. Ushbu banklar o‘tgan yilning 4-choragidagi pozitsiyasidan 4 pog‘onaga yuqoriladi.


Bundan tashqari, O‘zbekistonning 14 ta kichik banklar uchun faollik reytingida uchta yetakchi banklar (“Davr bank”, “Ziraat bank” va “Universal bank”) 2020 yil 4-choragiga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi.

“Davr bank” va Universal bank” moliyaviy ommaboplik bo‘yicha eng yuqori natijalarni namoyish etdi. “Ziraat bank” kapital yetarliligi va boshqaruv samaradorligi bo‘yicha yetakchi banklardan biri bo‘lib qolmoqda.