Amazon kompaniyasi birinchi chorak bo‘yicha hisobot berdi, unda ko‘rsatilishicha, kompaniyaning daromadi 44% ga o‘sib, $108 milliardga yetdi, foyda esa uch baravar ko‘paydi, deya xabar bermoqda “vc.ru”.

Kompaniya 2021-yilning ikkinchi choragi uchun daromad masalasida $110 milliarddan $116 milliardgacha o‘zgarishni kutmoqda. Agar voqealar rivoji shunday davom etsa, bu $100 milliarddan ortiq daromad keltirgan ketma-ket uchinchi chorak bo‘ladi.

Amazon bu o‘sishga bulutli xizmatlar va reklamadagi o‘zgarishlarni sabab qilib ko‘rsatmoqda. Kompaniyaning bulutli xizmatlar bo‘limi bu chorakda $13,5 milliardlik sotuvga erishdi. AWS esa birinchi chorakda $4,16 milliardlik operatsion daromad keltirdi, bu Amazon’ning $8,9 milliardlik umumiy daromadining deyarli 47% ini tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot Jef Bezosning boyligi $200 milliarddan oshganligi haqida xabar bergan edi.