“UzVC” Milliy venchur fondi startap loyihalar arizalarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda C.A.T. Science Accelerator kanali xabar berdi.

UzVC Milliy venchur fondining rasmiy veb-sayti ishga tushirilgan boʻlib, unda startap loyihalarini moliyalashtirish uchun ariza shakli joylashtirildi va loyihalarning qabuli boshlandi.

“UzVC” Milliy venchur fondi oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 17-maydagi 414-son Qaroriga muvofiq olib borishi sababli, startap loyihalarni oʻzaro kelishuvga asosan ulushli ishtirok etish sharti bilan moliyalashtiradi.

Ariza topshirish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.