Tesla bosh direktori Ilon Mask har bir uyni kompaniya mahsulotlaridan foydalangan holda, energiya ishlab chiqaradigan, saqlaydigan va qayta tarmoqqa yetkazib beradigan, ya’ni elektr taqsimlaydigan stansiyaga aylantirmoqchi, deya xabar bermoqda “O‘zA”.

Ushbu kompaniya ko‘p yillardan buyon quyosh batareyalari va energiya zaxiralarini sotish bilan shug‘ullanib keladi. Shu bois, kompaniya quyosh energiyasi zaxiralari mahsulotlari bilan birgalikda sotish bo‘yicha yangi siyosiy kommunal xizmatlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

“Bu Tesla uchun ham, kommunal xizmatlar uchun ham rivojlanishning yangicha omili hisoblanadi. Agar mazkur strategiya bajarilmasa, kommunal xizmatlar o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishda oqsaydi”, — degan Mask.

Kompaniya o‘z siyosatini o‘zgartirdi. Endi mijozlar alohida quyosh batareyasi yoki uning Powerwall energiya yig‘ish qurilmasini sotib olmaydi, butun bir tizim xarid qilinadi. Ilon Mask Twitter’dagi bayonotida quyosh energiyasi faqat Powerwall’ga yetkazib berilishi va uyning asosiy to‘suvchi paneli o‘rtasida aloqa o‘rnatishi haqida ta’kidlagan. Bu elektr tarmoqdan uzilganda butun uyni tarmoq bilan ta’minlab turadi.

Avvalroq Spot, Ilon Maskning boyligi $6 milliardga ko‘payganligi haqida xabar bergan edi.