DSQ uchta raqamli xizmat — tovar va xizmatlar yagona elektron katalogi, elektron shartnomalar platformasi, elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirishni joriy etmoqda.

Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi muhim iqtisodiy ahamiyatiga ega bo‘lgan bir nechta raqamli xizmatlarning sinovdan o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar bergan edi.

Gap xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida elektron ma’lumotlarning tizimli va izchil almashinuvini ta’minlaydigan, birlamchi buxgalteriya hujjatlarini avtomatlashtiradigan va soliq to‘lovchilarga soliq yukini keskin kamaytiradigan uchta xizmat haqida ketmoqda.

Bular:

  • Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi;
  • Yagona elektron shartnomalarning axborot portali;
  • Elektron ishonchnomalarni rasmiylashtirish onlayn tizimi.

2021-yilning 28 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 249-son qarori qabul qilindi.

Batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.