Funksiya iOS va Android dasturlarining har ikkisida ishlaydi. Spaces lentaning yuqori qismda “binafsha doiralar” shaklida paydo bo‘lib, ular real vaqtdagi suhbatlarni namoyish etadi, deb xabar bermoqda Spaces o‘zining sahifasida.

“Xonalar” ichida ma’lum foydalanuvchilarga yoki butun auditoriyaga xabar yuborish, gaplashish uchun imkoniyat so‘rash mumkin bo‘ladi. Tashkilotchilar suhbatni boshqarishi, mehmonlarni taklif qilishi, ma’ruzachilarni tanlashi va qoida buzganlarni chetlashtirishi mumkin.

Bundan tashqari, Twitter “Ticketed Spaces” funksiyasi ustida ishlamoqda. Bu orqali faqat pullik chipta bilan kirish mumkin bo‘lgan “xonalar” tizimi tashkil etiladi. Ijtimoiy tarmoq esa chiptalarni sotishdan komissiya oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot Twitter’ning aksiyalari keskin tushib ketayotganligi haqida xabar bergan edi.