Google va Facebook Rossiyada taqiqlangan kontentni olib tashlamagani uchun 20 million rubl ($267 ming) jarimaga tortildi. Twitter esa shunga o‘xshash qoidabuzarlik uchun 24 million rubl ($320 ming) miqdorida jarima to‘laydi.

Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 422-sonli sud magistratura bo‘limidagi texnika titanlariga qarshi ma’muriy protokollar aniqlangan.

Sud Google va Facebook’ga tegishli beshta murojaat kelib tushganini aytmoqda. Twitter platformasi bo‘yicha esa oltita shikoyat arizasi berilgan.

Murojaatga ko‘ra, Rossiya fuqarolari veb-sayti yoki axborot resursidagi ma’lumotni o‘chirib tashlamaslik hamda internet tarmog‘idagi xabarlarni olib tashlash majburiyati Rossiya tomonidan talab qilingan. Ammo ushbu talab bajarilmagan. Qolaversa, mazkur ish yuzasidan sud majlisi hali belgilanmadi.

Aprel oyi boshida Moskvaning Taganskiy tuman sudining 422-sonli sudyalar bo‘limi voyaga yetmaganlarni ruxsatsiz va noqonuniy tadbirga qo‘shilishga chaqiruvchi tvitlarni o‘chirishni rad etgani uchun uchta ma’muriy bayonnoma bo‘yicha Twitter’ga jami 8,9 million rubl (116 ming 778 dollar) jarima ko‘ygan edi.

Kompaniya ushbu qarorlar ustidan shikoyatlarni allaqachon yuborgan. Sud keyinchalik holat yuzasidan qarorlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, xuddi shu qoidabuzarlik uchun TikTok’dan ham 2,6 million rubl (34 ming dollar) undirildi.

Rossiya ommaviy axborot vositalarini nazorat qilish uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda yanvar-fevral oylarida o‘tkazilgan ruxsatsiz va noqonuniy tadbirlarda qatnashishni rag‘batlantiruvchi ikki yarim mingdan ortiq holat kuzatilgan. Ushbu qoidabuzarlik yuridik shaxslar uchun 800 mingdan 4 million rublgacha jarimaga olib keladi.

Avvalroq Spot, Rossiya Twitterga qarshi choralar ko’rayotganligi va sayt sekin ishlashni boshlaganligi haqida xabar bergan edi.