Oʻzbekiston Respublikasida moliyaviy texnologiyalar bozorini rivojlantirishga va sohaning yangi jahon trendlariga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtadi. Mazkur tadbir joriy yilning 7-may kuni soat 10:00 da korporativ akseleratorning maydonchasida gibrid formatda oʻtkaziladi. Bu haqda UzCard kompaniyasi xabar bermoqda.

Konferensiya dasturida UzCard bosh direktori Farrux Ziyayev, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisining oʻrinbosari Azizbek Xoʻjayev, shuningdek, IT-Park direktori Farxod Ibragimov ishtirok etadilar.

Tadbir davomida korporativ fintex-akseleratorning, UzCard Ventures venchur fondining taqdimoti va akseleratorning rezidentlari uchun ochiq API-interfeysning ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

Batafsil maʼlumotni UzCardʼning rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.