Biznes gʻoya: Oʻzbekistonda qanday qilib tatuirovka studiyasini ochish mumkin va undan qancha daromad olsa boʻladi

Artdom asoschilari — Karina Muratova va Sabina Alieva qanday qilib noldan tatuirovka salonini ochish mumkinligi, qancha miqdorda dastlabki sarmoya kerak boʻlishi va qanday qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi haqida Spotga gapirib berishdi.


Yarimo’tkazgichlar yetishmasligi global iqtisodiyot uchun jiddiy muammo emas — Oxford Economics

Agentlikda ta’kidlanishicha, bunday tarkibiy qismlarning yetishmasligi, asosan, sanoat sektorining faol holatini aks ettiruvchi yuqori talabning natijasidir.


Yaqin kelajakda yo’qolish darajasi yuqori bo’lgan kasblar sanab o’tildi

Ekspertning fikricha, ommaviy transportni boshqaruvchilar va haydovchilarga bo’lgan talab pasayib boradi, IT-mutaxassislar, robototexnika, kadrlar bo’yicha mutaxassislar, yollovchilar va masofadan turib ishlash uchun turli xil frilanserlar esa dolzarblik kasb etadi.

Dunyoda yuz bergan TOP-10 yangilik

  1. Bayden prezidentligining ilk 100 kunida amerikalik tadbirkorlar bir necha milliard ishlab oldilar. Amerika Kongressining mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi rejasi natijasida fond birjalarda o‘sish yuz berdi.
  2. Ilon Mask har bir uyni energiya ishlab chiqaradigan stansiyaga aylantirmoqchi. Mijozlar alohida quyosh batareyasi yoki uning Powerwall energiya yig‘ish qurilmasini sotib olmaydi, balki butun bir tizim xarid qilinadi.
  3. Clubhouse Android uchun ilovani sinovdan o‘tkazishni boshladi. Biroq ayni paytda ilovaning qachon Google Play’da chiqarilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
  4. Yevropaning eng yirik banklari AQSh to’lov gigantlarini birgalikda siqib chiqarishmoqchi. G‘oya mualliflarining ta’kidlashicha, maqsad — PayPal, Mastercard, Visa, Google va Apple kompaniyalariga qarshi tura oladigan xizmatni yaratishdir.
  5. Twitter barcha foydalanuvchilar uchun Spaces ovozli chatlarini ishga tushiradi. Mazkur chatlarni 600 va undan ortiq obunachilari bo‘lgan foydalanuvchilar tashkil etishi mumkin bo‘ladi.
  6. Walmart oʻzining “bulutli” oʻyin xizmatini ishga tushiradi. Kompaniya bu borada Epic Games bilan hamkorlik qilishni maqsad qilmoqda.
  7. Birinchi buklanuvchan iPhone 2023-yilda paydo bo‘ladi. Bu vaqtga kelib kompaniya 15−20 million dona buklanuvchan ekranli iPhone taqdim etadi.
  8. Jef Bezosga tegishli “Blue Origin” kompaniyasi kosmosga sayohat uchun chipta sotadi. Birinchi parvoz 20-iyul kuni amalga oshiriladi. Chipta narxi uch bosqichda boʻlib oʻtadigan kim oshdi savdosi orqali aniqlanadi.
  9. Qozog’iston raqamli valyuta joriy etishni rejalashtirmoqda. Raqamli tenge elektron pullardan farq qilib, u orqali iqtisodiyotning barcha sohalarida to’lovni amalga oshirish mumkin bo’ladi.
  10. Google xodimlarining 20 foizini masofaviy tizimga o’tkazmoqchi. Hozirga kelib pandemiya sababli Google’ning 60% ishchilari ofisga kun orasida kelib turishlari, 20% yangi ofisda, 20% xodim esa butunlay onlayn tizimga o’tishi to’g’risida xabar bergan.