IT Park, Tiss va UNLOCK hamkorlikda 15-mayga qadar Turin politexnika universitetining inkubatsiya markazida sayt yaratish va grafik dizayn boʻyicha bir haftalik onlayn-mitap tashkil etmoqda.

Mazkur tadbirlar davomida sohadagi yetakchi mutaxassislar oʻz chiqishlar bilan ishtirok etishi kutilmoqda. Masalan, Doniyor Saidmurodov 11- va 12-may kunlari “Zamonaviy texnologiyalar va oʻz portfoliongizni qanday jamlash kerak” mavzusidagi taqdimotini namoyish qilsa, Ulugʻbek Sobirjonov 14- va 15-may kunlari “Dizayn qanchalar muhim va gʻoyalarni qayerdan olish kerak” mavzusida oʻz bilim va tajribalariga tayanib, chiqish qiladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun esa ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.