“Reuters” axborot agentligi jurnalistika yoki unga aloqador sohada so’nggi kursda o’qiyotgan talabalarni yoki yangi bitirganlarni yozda uch oy amaliyot o’tashga taklif etadi.
Qabul qilinganlar Polshada uch oy davomida yangilik yozish va tahrir qilish bo’yicha amaliyot o’taydi.
Grant miqdori: Yashash va safar xarajatlari to’liq qoplanadi, oylik maosh beriladi.
Talablar:
- Jurnalistika yoki unga aloqador sohada so’nggi kurs talabasi bo’lish yoki yangi bitirgan bo’lish;
- Ingliz tilini va yana bir boshqa Yevropa tilini (masalan, rus tili) bilish;
- Jurnalistika sohasiga qiziqish;
- Tarjima va yaxshi kommunikatsiya malakasiga ega bo’lish.
Ariza topshirish tartibi:
- Quyidagi havola ro’yxatdan o’tib, anketa to’ldirishingiz kerak;
- Anketada o’zingiz haqingizda ma’lumot va rezyumeni ilova qilishingiz kerak.
- Anketeda berilgan savollarga javob berishingiz kerak.
Hujjat topshirish muhlati: 2021-yil, 23-may
Batafsil ma’lumot: SHU YERDA.
