Uzbekistan Airways Surxondaryodan Farg‘onaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, 2021-yilning 10-may kunidan Termiz — Farg‘ona yo‘nalishida ilk aviaqatnovlar amalga oshirildi.

  • HY066 Termiz — Farg‘ona aviaqatnovlari haftaning faqat dushanba kunlari amalga oshirilsa,
  • HY065 Farg‘ona — Termiz aviaqatnovlari haftaning faqat payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Avvalroq Spot, Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi parvozlar vaqtincha toʻxtatilganligi haqida xabar bergan edi.