2021-yilning yanvar-aprel oylarida respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi qariyb $1,99 milliardni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻtkazmalar hajmi 2020-yilning mos davriga nisbatan 663 $millionga yoki 50% ga oshgan boʻlsa, 2019-yilning mos davriga nisbatan esa 34% ga oshdi. Chet elga yuborilgan xalqaro pul oʻtkazmalari miqdori $478 millionga yetdi.
Buning natijasida transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy savdo qariyb $1,52 milliardga yetgan.
