Telegram asoschisi Pavel Durov yana Apple siyosatini tanqid qildi va iPhoneʼning texnologik qoloqligini aytdi. Unga koʻra, har safar ushbu qurilmada messenjerni sinovdan oʻtkazish kerak boʻlsa, u oʻzini oʻrta asrlarda ekanligini his qiladi.

“Ilovamizni iOSʼda sinab koʻrish uchun har safar iPhoneʼdan foydalanishim kerak boʻlganida, men oʻzimni yana oʻrta asrlarga tushib qolgandek his qilaman”, — deb yozgan tadbirkor oʻzining Telegram kanalida.

Uning taʼkidlashicha, 60 Gts li iPhone displeylari “suzuvchi animatsiya"larni qoʻllab-quvvatlaydigan Androidʼning 120 gegegerts li displeylar bilan raqobatlasha olmaydi.

“Apple siyosatining eng yomon tomoni eskirgan qurilmalarni oshirilgan narxlarda sotish emas, kompaniya foydalanuvchilarini maqsadli ravishda “raqamli qullar"ga aylantirishidir”, — Durov.

Telegram asoschisi oʻz pozitsiyasini Apple qurilmalari egalariga faqat kompaniyaning App Store orqali oʻrnatishga ruxsat bergan dasturlardan foydalanish va oʻz maʼlumotlarining zaxira nusxasini yaratish uchun faqat iCloud-dan foydalanishga ruxsat berilganligi bilan izohlaydi.

Avval ham Durov Apple siyosati va mahsulotlarini tanqid qilgan edi. Masalan, oʻtgan yilning kuzida yangi iPhone 12 Pro chiqarilgandan soʻng, tadbirkor uni “temir parchasi” deb atadi. Shuningdek, u yil boshida foydalanuvchilarni iOS xavfliligi sababli Androidʼga oʻtishga chaqirgandi.