S.Umurzakov “Rossiya temir yo‘llari” OAJ boshqaruvi raisi — bosh direktori Oleg Belozerov boshchiligidagi Rossiya delegasiyasini qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida transport va logistika hamkorligi masalalari hamda transport infratuzilmasini qurish bo‘yicha yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Epidemiologik vaziyat o‘z iziga tushgani bilan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam yo‘lovchi temir yo‘l qatnovini bosqichma-bosqich qayta tiklashga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish borasida ham kelishuvga erishildi.

Rossiya delegasiyasi rahbari Rossiya hududida temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun O‘zbekistondan malakali kadrlarni jalb etishni nazarda tutib, mehnat migratsiyasi sohasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr yuritdi.

Shu munosabat bilan, uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Rossiya temir yo‘llari” OAJ va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida Rossiya hududida temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun O‘zbekistonning malakali mehnat resurslarini jalb qilishni tashkil etishga ko‘maklashish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.