Pavel Durovning farzandlari birinchi marta Forbesʼning eng boy merosxoʻrlar roʻyxatiga kiritildi. Nashrning hisob-kitoblariga koʻra, 2021-yil 15-aprel holatiga koʻra milliarderning boyligi $17,2 milliardga baholangan va uning har bir farzandida $8,6 milliardlik meroslari bor.

VKontakte ijtimoiy tarmogʻi va Telegram messenjeri asoschisining 2009 va 2010-yillarda tugʻilgan ikki farzandi bor, ularning bir qiz va biri oʻgʻil.

Bolalarning ota-onalari farzandlari haqidagi maʼlumotni ehtiyotkorlik bilan yashirishadi.

Durovning farzandlari roʻyxatda 6-oʻrinni egallashgan. Lukoylʼning yirik aksiyadori Vagit Alekperovning yagona oʻgʻli Yusuf Alekperovda mazkur reytingda yetakchilik qilmoqda.