Ayollarni uyda saqlash — bu dunyodagi eng yirik xomashyo eksportchisi bo‘lgan davlatga ham qimmatga tushmoqda, deya maqola yozgan “Bloomberg”. Nashr maqolada Saudiya Arabistonida ishchi kuchi masalasi, ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni va uning o‘zgarib borishini tahlil qilgan. Spot ana shu maqolada keltirilgan ayrim fikrlarni Sizlarga ma’lum qiladi.

35 yoshli valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon neftdan keyingi kelajakka tayyorgarlik koʻrish uchun iqtisodiyotni tubdan qayta koʻrib chiqmoqda va iqtisodiy oʻsish surʼati ostida ish oʻrinlari yaratishga intilmoqda.

Hukumatning benzin va elektr energiyasiga beriladigan subsidiyalarni qisqartirishi va yangi soliqlarni, shu jumladan 15% qoʻshimcha qiymat soligʻini joriy etilishi ortidan Saudiyada ayollar tobora koʻproq ishlash uchun qadam qoʻymoqdalar, degan nashr.

Natijada, mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlar vujudga keldi, urf-odatlar ham rivojlanib bormoqda, ayollar hayoti butun sinf boʻylab oʻzgaryapti. Bu borada hatto baʼzi saudiyaliklar orasida norozilik ham paydo boʻldi.

Chet el hukumatlari va inson huquqlarini himoya qiluvchi guruhlar tomonidan ayollarning ishlashiga qilingan norozilik taniqd ostiga olingan, davlatning esa ayollarning huquqlarini kengaytirish haqidagi bayonot berishi — bu uning chet elda obroʻsini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Har holda mahalliy rasmiylar shu fikrda.

Bir paytlar politsiya tomonidan qatʼiy tatbiq etilgan gender ajratish nafaqat metropoliten elitalari orasida, balki ayrim viloyatlarda ham asta-sekin kuchini yoʻqotmoqda. Qarindosh boʻlmagan erkaklar va ayollar hozir restoranlarda ochiqchasiga uchrashishlari mumkin. Bundan tashqari, ayol va erkaklar koʻpgina idoralar, musiqa festivallari, biznes va professional konferensiyalarda o‘zaro muloqot olib bormoqdalar.

Statistika idorasining maʼlumotlariga koʻra, ayollarning ishchi kuchidagi ishtiroki 2016-yildagi 19% dan oʻtgan yili 33% gacha oʻsdi. Ularning ishchi kuchidagi ishtirokini koʻpaytirish, shahzoda Muhammadning Vizyon-2030 doirasidagi maqsad edi, saudiyalik ayollar ofitsiant, kassir va politsiyachi sifatida ish oʻrinlariga ega boʻlishdi. Bu jarayonda ayollar uchun kiyinish qoidalari “yumshadi”, jinsi (material) kiygan va oʻralmagan sochli ayollar ham sekin-sekin paydo boʻlishni boshladi.

Oʻzgarish 2015-yilda vafot etgan qirol Abdulloh davrida boshlandi, ammo bu shahzoda Muhammad davrida juda tezlashdi. Soʻnggi besh yil ichida hukumat ayollarning avtomobil haydashiga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi.

“Aholining 50% idan foydalanmasdan turib, biz iqtisodiy jihatdan barqaror boʻlolmaymiz”, — ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga tashkiloti vakili Salma AlRashid.

Saudiya jamiyati rivojlanib borayotgani sababli, baʼzi erkaklar ayollarning ish topib, oilalari uchun ola xurjunni boʻynilariga olishga harakat qilayotganidan xavotirda. Ularning fikricha, bu holat oila boshligʻi sifatida oʻzlarining anʼanaviy rollarini buzib tashlaydi.

Shahzoda Muhammad esa jamiyatda ayollarning rolini oshirish vaqti kelganini aytdi. Uning aytishicha, ayollar jamiyatning yarmi, hukumat esa ana shu yarim qism samarali boʻlishini xohlaydi.

“Men erkaklar qolib, ish topishda ayollarga ustuvor ahamiyat berilganiga qarshiman. Menimcha, qachonki ayolga yordam beradigan hech kimi boʻlmaganda, haqiqatan ham ehtiyoji boʻlganda ish bilan taʼminlanishi kerak”, — deydi 25 yoshli saudiyalik tish shifokori Yazid.

Saudiyalik ishsiz ayollarning uchdan ikki qismi bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega. Qirollikning oʻqimishli ayollarni ishchi kuchiga jalb qilishi Vizyon-2030 rejasining muvaffaqiyati uchun muhim, deya hisoblashmoqda.



Saudiya ishchi kuchida yuz bergan oʻzgarishlar notekis. Masalan, anʼanaviy ravishda erkaklar tomonidan boshqariladigan koʻplab sanoat tarmoqlari, masalan, ishlab chiqarish va qurilish sohasi oʻzgarishsiz qolmoqda. Har bir ayol ish oʻrniga togʻ-kon sanoati sohasidagi 18 saudiyalik erkakning oʻrni toʻgʻri keladi. Ushbu nisbat sogʻliqni saqlash, ijtimoiy, sanʼat va mehmonxona sanoati kabi sohalarda taxminan 1 ga 1 ni tashkil etadi.

“Hukumat saudiyalik ayollarni oʻqitishga yillar davomida sarmoya kiritdi. Sarmoya qaytmasa, aks holda u nega kerak”, — Alnahda bosh ijrochi direktori Rasha Alturki.

Ayollar uchun ochilgan ish joylarining aksariyati kam maoshli, ularning ko‘pchiligi Osiyo va boshqa arab mamlakatlaridan kelgan ishchilar tomonidan egallangan. Tahlilga ko‘ra, ayollarning ishchi kuchiga aylanayotgani va yoshlar bozorining shaklini oʻzgartirganligi sababli, iqtisodiyotni ushlab turish qiyin boʻlmoqda. Bu hozirgi paytda iqtisodiy oʻsish tez boʻlgan paytda toʻgʻri keladi.