Twitter yangilanish orqali rang-barang mavzular va ilovalar ikonkalarini taklif qiladi. Undagi asosiy oʻzgarish koʻpchilikda qiziqish va savol uygʻotmoqda. Bu haqda “vc.ru” xabar berdi.

Pulli obunachilar dasturning standart rangini — koʻk, sariq, qizil, binafsha, toʻq sariq va yashil ranglarga oʻzgartirishi mumkin. Ilova ikonkasining turli xil — pushti, qirmizi rang, yashil, toʻq sariq, qora, anʼanaviy koʻk va binafsha chiziqli versiyalari mavjud boʻladi.

lova masʼullarining tasdiqlashicha, yangilanishlar App Store-dagi Twitter dasturining rasmiy sahifasi orqali amalga oshirildi, unda ushbu ilovaning pulli versiyasi ham joy oladi. Pulli obunachilar, shuningdek, tvitlarni belgilashlari va yuborilgan tvitlarini bekor qilishlari mumkin boʻladi.

Ma’lumot uchun, may oyining boshlarida Twitter Scroll xizmatini sotib oldi, bu esa foydalanuvchilarga hamkorlik saytlaridagi kontentni oyiga $5 evaziga reklamasiz koʻrish imkoniyatini berdi.