Boʻstonliq tumanida joylashgan “Farovon” milliy taomlar choyxonasi auksionga qoʻyildi. Lot avval xizmat ko‘rsatish obyekti sifatida foydalanilgan boʻlib, 2 qavat bino va 49 ta xonadan iborat.

Binoning umumiy maydoni 1364,1 kv. metrni tashkil etadi. Elektr, gaz va suv taʼminotiga ega. Kanalizatsiya mavjud emas. Inshoot asosan umumiy ovqatlanish joyi sifatida foydalanish uchun moʻljallangan.

Lotning boshlangʻich narxi 27,1 milliard soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 19-iyuniga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 21-iyun kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.