Yangilanishga koʻra, endilikda kompaniya veb-brauzerda qoʻngʻiroqqa ulanish uchun havolalar yaratish va ularni kalendarga qoʻshish imkoniyatini qoʻshadi.

  • Agar bildirishnomalar juda koʻp boʻlsa, tizim ularni avtomatik ravishda Summary tarkibiga qoʻshadi: ular ustuvorlik boʻyicha tartiblanadi.
  • Foydalanuvchi qaysi kontaktlar yoki dasturlardan xabarnomalar kelib turishini tanlashi mumkin: buning uchun Fokus rejimini tanlash, shuningdek, “ish”, “shaxsiy”, “dam olish” rejimlarini ishga tushirish kerak boʻladi. Funksiya bir vaqtning oʻzida barcha foydalanuvchi qurilmalarida yoqilgan hisoblanadi.

Live Text funksiyasi avtomatik ravishda “Kamera” tasviridagi matnni taniydi (avvaliga, yetti tilni qoʻllab-quvvatlaydi). Matn nusxa koʻchirilishi va boshqa dasturga joylashtirilishi mumkin.

  • FaceTime-da SharePlay funksiyasi paydo boʻladi. Uning yordamida foydalanuvchilar birgalikda video tomosha qilishlari, musiqa tinglashlari va ekran tasvirini baham koʻrishlari, shu jumladan Twitch, TikTok, Disney + va boshqa hamkorlik xizmatlarini birgalikda koʻrishlari mumkin boʻladi.
  • FaceTime shuningdek, Spatial audio, CrystalClear shovqinlarni pasaytirish va fonni avtomatik ravishda xiralashtiradigan “portret rejimi” ni qoʻllab-quvvatlaydi.

Endi Wallet haydovchilik guvohnomasi kabi hujjatlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Hozircha faqat AQShda.

Bundan tashqari, Weather ilovasi uchun yangilanishlar: endi u yogʻingarchilik xaritasi, havo sifati va boshqa maʼlumotlarni toʻliq ekranga namoyish etadi.


Yangilangan xaritada baʼzi shaharlardagi binolar haqida batafsil maʼlumotlar qoʻshilgan, tungi rejim yangilangan, haydash rejimi, jamoat transportining harakat jadvali yana-da boyitilgan.